Главная » Yangiliklar » Microsoft “aqlli” soati o‘z egasining yurak urishini nazorat qiladi
Microsoft “aqlli” soati o‘z egasining yurak urishini nazorat qiladi

Microsoft “aqlli” soati o‘z egasining yurak urishini nazorat qiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Microsoft “aqlli” soati o‘z egasining yurak urishini nazorat qiladi
  • Дата релиза: 01-06-14, 22:47
Microsoft “aqlli” soati o‘z egasining yurak urishini nazorat qiladi
Microsoft kompaniyasi fon rejimida foydalanuvchi yurak urishini doimiy ravishda kuzatib boradigan “aqlli” soat ustida ishlamoqda. U Windows Phone, iOS va Android tizimlarida ishlovchi smartfonlar bilan sinxronlashtirila oladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Qurilmaga Xbox Kinect bo‘linmasida ishlab chiqiladigan sensorlar o‘rnatiladi. Soat erta-yu kech foydalanuvchining pulsini o‘lchaydi, biroq akkumulyator ikki kunga yetadi.

Soatning yana bir o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘ladiki, u nafaqat Windows Phone, balki boshqa raqobatdosh operatsion tizimlar — iOS va Android’da ishlaydigan qurilmalar bilan ham integratsiyalasha oladi.

Qurilmaning qachon chiqarilishi noma’lum, biroq u shu yilning yozidayoq taqdim etilishi mumkin.
Логин:
Пароль: