Главная » Yangiliklar » Microsoft-Nokia eng arzon Windows Phone smartfonini sotishni boshladi
Microsoft-Nokia eng arzon Windows Phone smartfonini sotishni boshladi

Microsoft-Nokia eng arzon Windows Phone smartfonini sotishni boshladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Microsoft-Nokia eng arzon Windows Phone smartfonini sotishni boshladi
  • Дата релиза: 06-08-14, 17:50
Microsoft-Nokia eng arzon Windows Phone smartfonini sotishni boshladi
Xitoy bozorida yangi Lumia 530 smartfonining sotuvi boshlandi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “PAROL” nashri xabar berdi.

MICROSOFT-Nokia kompaniyasining yangi smartfoni avvalgi Lumia 520 va Lumia 525 smartfonlaridan ancha kichikroq. Shuningdek, u kompaniyaning eng arzon WINDOWS Phone operatsion tizimida ishlaydigan smartfoni bo‘ldi.

Qurilmada 4 dyuym, 480×854 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega Snapdragon to‘rt yadroli protsessori, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira (+MicroSD), 5 megapikselli KAMERA, 1430 mA·soat quvvatga ega batareya va Windows Phone 8.1 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Xitoyda Lumia 530 smartfoni 97 dollardan sotilmoqda. Smartfon arzonligi sabab u ancha ommalashishi kutilmoqda. Buni Lumia 530 haqidagi REKLAMA roligidan ham ko‘rish mumkin.
Логин:
Пароль: