Главная » Yangiliklar » "MILLION"NING YPX XODIMLARI HAQIDAGI XAZILIDAN SO`NG JAMOA A`ZOLARI JARIMA MAYDONChALARINING DOIMIY MEHMONIGA AYLANMOQDA(VIDEO)

"MILLION"NING YPX XODIMLARI HAQIDAGI XAZILIDAN SO`NG JAMOA A`ZOLARI JARIMA MAYDONChALARINING DOIMIY MEHMONIGA AYLANMOQDA(VIDEO)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: "MILLION"NING YPX XODIMLARI HAQIDAGI XAZILIDAN SO`NG JAMOA A`ZOLARI JARIMA MAYDONChALARINING DOIMIY MEHMONIGA AYLANMOQDA(VIDEO)
  • Дата релиза: 05-09-17, 12:19
"MILLION"NING YPX XODIMLARI HAQIDAGI XAZILIDAN SO`NG JAMOA A`ZOLARI JARIMA MAYDONChALARINING DOIMIY MEHMONIGA AYLANMOQDA(VIDEO)
"Million" kulgu jamoasining so`nggi konserti dasturi disklari sotuvga chiqib, YouTube tarmog`ida paydo bo`lganidan so`ng, yo`l-patrul xizmati xodimlari jamoa a`zolariga nisbatan qattiqqo`llikni oshirgan.Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Uning ta`kidlashicha, avvallari mayda qoidabuzarliklar uchun shunchaki og`zaki ogohlantirib, so`ng hujjatlarini qaytarib bergan yo`l nazoratchilari yaqinda, konsert disklari sotuvga chiqqanidan so`ng uning haydovchilik guvohnomasini olib qo`ygan.

"Ilk bor rulga 13 yoshimda o`tirganman. Otam erkak kishiga kerak bo`ladigan ishlarni puxta o`rganishim uchun bolaligimdan qattiq kirishganlar. Haydovchilik guvohnomamni kamdan-kam oldiraman. 17 yil ichida to`rt yo besh marta oldirgan bo`lsam kerak.

Ko`pincha, yo`l-patrul xizmati xodimlari tanib qoladi va, mayda qoidabuzarlik bo`lsa, ogohlantirib qo`yib yuboradi. Ba`zilari esa 20—30 daqiqa gapga solib, oxirida: «Muomalang yoqdi», deb hujjatlarni qaytaradi.

Ammo «Million»ning so`nggi konserti diski sotuvga chiqqanidan keyin hech qanday muomala yordam bermayapti. Yo`l-patrul xizmati xodimlari konsertdan so`ng bizga qarshi «urush» ochgan — 5 yildan beri oldirmagan guvohnomamni yaqinda qo`limdan olib, darhol yozishga tushishdi. Salomlashishga ham ulgurmadim (kulib).

Sahnadagi hazilni jiddiy olib, yo`q joydan dori qutichasini tekshirishga, old chiroqning yorug`ini o`lchashga kirishib ketadiganlari ham yo`q emas. Men-ku mayli, jamoamizning qolgan a`zolari konsertdagi hazillardan keyin jarima maydonchalarining «doimiy» mehmoniga aylanib qolishdi ",—deydi Davron Kabulov.

"Million"ning so`nggi konserti Toshkent shahri chorrahalarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kuzatuv kameralari ishga tushgani (15 mart)dan so`ng — aprel oyida bo`lib o`tgan edi. Konsertda kameralar ishga tushganidan so`ng go`yoki noqonuniy daromad manbalaridan quruq qolgan YPX xodimlari hajv ostiga olingan.

"VIDEO @UZSHOU_BIZNES TELEGRAM KANALIDA"

Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: