Главная » Yangiliklar » ​Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi
​Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi

​Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi
  • Дата релиза: 10-06-17, 21:33
​Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi
Misrlik arxeologlar guruhi O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Aleksandr Makedonskiy hayoti va boshqaruvi davri (miloddan avvalgi 356—323-yillar)ga oid qadimiy maqbarani topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Buyuk sarkarda asos solgan shahar — Iskandariya yaqinidagi maqbaradan o‘sha davrga mansub 300 ga yaqin buyum aniqlandi.

Yaqin orada olimlar maqbara devorlarida qoldirilgan qadimgi yunon tilidagi matnlarni o‘rganishga kirishadi. Ekspertlar asosiy savol — maqbara kimga tegishli ekanligiga aniqlik kiritishi lozim.

Mahobati, ya’ni hududi to‘rtta katta xonaga bo‘lingani, ichki bezatilishidan kelib chiqib, unda Aleksandr Makedonskiyga yaqin zodagonlar vakili dafn etilgani taxmin qilinmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: