Главная » Yangiliklar » Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi
Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi
  • Дата релиза: 24-03-17, 16:52
Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi
Misr davlatining sobiq prezidenti Husni Muborak qamoqdan ozod etildi, deb xabar berdi Meduza.io nashri.

24 mart kuni Muborak harbiy gospitalni tark etib, Geliopoldagi uyiga yo`l oldi. U 2011 yilda lavozimidan olib tashlangandan keyin 6 yil davomida qamoqda o`tirdi.

2011 yilda bo`lib o`tgan “Arab bahori” norozilik namoyishida yuzlab ishtirokchilarning o`limida ayblangan Muborak 2 mart kuni to`liq oqlandi. Prezidentning o`zi namoyish ishtirokchilarini o`qqa tutishga buyruq berganligini tan olmadi. 2012 yilda sud uni mazkur jinoiy ish yuzasidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Husni Muborak 88 yoshda bo`lib, 1981 yildan 2011 yilgacha hukumat rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: