Главная » Yangiliklar » Mitsubishi yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq mojaro tufayli yarim mlrd dollar zarar ko‘radi
Mitsubishi yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq mojaro tufayli yarim mlrd dollar zarar ko‘radi

Mitsubishi yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq mojaro tufayli yarim mlrd dollar zarar ko‘radi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Mitsubishi yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq mojaro tufayli yarim mlrd dollar zarar ko‘radi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:01
Mitsubishi yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq mojaro tufayli yarim mlrd dollar zarar ko‘radi
Mitsubishi Motors kompaniyasi 2016-yilda 50 milliard iyena (480 million dollar) mablag‘ni yoqilg‘i mojarosi oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiradi. Bu haqda Motor nashri xabar bermoqda. Janjal tufayli zarar ko‘rgan har bir avtomobil egasiga 100 ming iyena yoki 960 dollar to‘lanadi. Tovon pulini to‘lash qachon boshlanishi hali noma’lum. Kompaniyaning hisob-kitoblariga qaraganda, Yaponiya bozorida yoqilg‘i sarfi haqidagi ma’lumotlari soxtalashtirilgan 625 ming mashina realizatsiya qilingan. Ma’lumot uchun, Mitsubishi avtomobil yoqilg‘i sarfi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan bog‘liq mojarolar ishtirokchisiga aylangandi. Aprel oyida kompaniya ma’lumotlar soxtalashtirilganini tan oldi. Kompaniya 25 yil davomida Yaponiya yer, infrastruktura, transport va turizm vazirligiga noto‘g‘ri ma’lumotlar yuborgani aniqlandi. Mojaro 157 ming dona Mitsubishi eK Wagon va eK Space ixcham mashinalari hamda 468 ming Nissan Dayz va Dayz Roox key-karlarini qamrab oldi. Ushbu mojarolar tufayli 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida kompaniya aksiyalari 2004-yilning iyulidan beri rekord darajada — 15 foizga tushib ketdi.
Логин:
Пароль: