Главная » Yangiliklar » ​​​Mobil aloqa operatorlariga sifat ko`rsatkichlari yomonlashuvi bo`yicha jarima qo`llanildli
​​​Mobil aloqa operatorlariga sifat ko`rsatkichlari yomonlashuvi bo`yicha jarima qo`llanildli

​​​Mobil aloqa operatorlariga sifat ko`rsatkichlari yomonlashuvi bo`yicha jarima qo`llanildli

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​​​Mobil aloqa operatorlariga sifat ko`rsatkichlari yomonlashuvi bo`yicha jarima qo`llanildli
  • Дата релиза: 14-06-17, 11:31
​​​Mobil aloqa operatorlariga sifat ko`rsatkichlari yomonlashuvi bo`yicha jarima qo`llanildli
Mobil aloqa xizmatlari iste`molchilari huquqlarini himoya qilish va sifatli xizmatlar ko`rsatilishini ta`minlash maqsadida Aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan operatorlarning oylik ma`lumotlari va tarmoq sifat ko`rsatkichlari tahlil qilindi.

O`tkazilgan tahlil natijalari barcha operatorlarining mobil aloqa tarmoqlari sifat ko`rsatkichlarining yomonlashganligini ko`rsatdi:

- radioaloqa uzatkichlari ishlashida korxonaning aybi bilan uzilishlar;

- muvaffaqiyatsiz ulanishlar soni;

- o`rnatilgan ulanishda abonent tashabbusi bilan bo`lmagan uzilishlar soni;

- internet tarmog`iga muvaffaqiyatsiz ulanishlari soni;

- internet tarmog`ida o`rnatilgan ulanishlarda abonent tashabbusi bilan bo`lmagan uzilishlar soni.

Yuqorida keltirilgan sifat ko`rsatkichlari tahlili, lisenziya shartnomasi talablari bajarilmaganligi va mobil aloqa tarmog`i sifat ko`rsatkichlarning yomonlashuvi, shuningdek operator aybi bilan yuzaga kelgan asosli murojaatlar bo`yicha Inspeksiya tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloqa sohasidagi me`yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) to`g`risida”gi 2000 yil 14 avgustdagi qaroriga asosan mobil aloqa operatorlariga moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo`llanildi.

Lisenziya shartnomasi talablarini bajarilishi va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha mobil aloqa operatorlariga tegishli ko`rsatmalar berildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: