Главная » Yangiliklar » MOL GO`ShTIMI YoKI EShAK...
MOL GO`ShTIMI YoKI EShAK...

MOL GO`ShTIMI YoKI EShAK...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: MOL GO`ShTIMI YoKI EShAK...
  • Дата релиза: 25-11-17, 12:12
MOL GO`ShTIMI YoKI EShAK...
Toshkentdagi go`sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona eshak go`shti ishlatmoqchi bo`lgani fosh qilindi.

Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan «Sharshara» brendi ostida go`sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Gold Premium Product MChJga tegishli korxona ko`zdan kechirilganda, 69,6 kg. eshak go`shti boshqa go`sht turlariga qo`shib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda ishonchli ma`lumotga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.R. hamda G`.A. rejasini amalga oshirish uchun xorazmlik S.J. orqali 69,6 kg. miqdoridagi eshak go`shtini «Sharshara» go`sht ishlab chiqarish korxonasiga o`tkazmoqchi bo`lgan. Bu ishni bajarish uchun go`sht A.A.ga etkazib berilgan. Mazkur go`shtni qabul qilib olgan sex ishchilari uni o`sha zahotiyoq boshqa turdagi go`shtlarga qo`shib yuboradi.

Tadbir davomida sex ko`zdan kechirilganda, ko`rinishi va hididan sifatsiz mahsulotga aylangan 275 kg. go`sht mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi Sanitar epidemiologiya nazorat markazi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar qilishicha, korxonadan olib qo`yilgan 275 kg. go`sht haqiqatan iste`molga yaroqsiz ekani ekspertiza xulosasi orqali tasdiqlandi.

Mazkur ish yuzasidan sex ishchilari R.G`., N.Z., fuqaro A.A va S.J. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 186-moddasi 1-qismi, ya`ni «iste`molchilarning hayoti yoki sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish»da ayblanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: