Главная » Yangiliklar » Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi
Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi

Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi
  • Дата релиза: 27-11-17, 19:56
Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi
Moskva markazidagi Solyanka ko‘chasida joylashgan “Yevropeyskiy standart” banki omborxonasidan 5 million dollar o‘g‘irlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Bank vakillari politsiyaga pullar yo‘qolgani haqida 24-noyabr, juma kuni murojaat qilgani bildirilmoqda.

“O‘g‘irlik haqida bank ochilganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Omborxonada qandaydir shikastlanishlar aniqlanmadi”, — ma’lum qildi huquq-tartibot idoralaridagi manbalardan biri.

Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Uning doirasida bank xodimlari so‘roq qilinmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: