Главная » Yangiliklar » Moskva markaziy ko`chalaridan birida Ekaterina II davriga tegishli xazina topildi
Moskva markaziy ko`chalaridan birida Ekaterina II davriga tegishli xazina topildi

Moskva markaziy ko`chalaridan birida Ekaterina II davriga tegishli xazina topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Moskva markaziy ko`chalaridan birida Ekaterina II davriga tegishli xazina topildi
  • Дата релиза: 04-04-17, 19:54
Moskva markaziy ko`chalaridan birida Ekaterina II davriga tegishli xazina topildi
Moskva shahridagi Petrov bulvarida o`tkazilayotgan qurilish ishlari jarayonida tarixiy 12 dona mis tanga topildi, deb xabar berdi “Mir24.tv” nashri.

Moskva shahar markaziy ko`chalaridan birini obodonlashtirish maqsadida o`tkazilayotgan qurilish ishlari jarayonida XVIII asrga tegishli xazina topildi. Arxeologlar Ekaterina II va Pavel I hukmronligi davridagi 12 dona mis tangani qazib olishdi, deb ma`lumot berildi meriya saytida. Arxeologlar mazkur tangalarni kundalik ehtiyojlarga ishlatish uchun ko`milgan, deb hisoblamoqda. Pokrovskiy ko`chasidan 500 yillik qabr toshi, Gogolovskiy ko`chasidan o`n sakkizinchi asrga tegishli g`isht kollektor ham topildi. Nikitskiy ko`chasidan XVII-XVIII asrlarga tegishli yog`och tarnov, Yauzskiy va Chistoprudniy bulvaridan esa asr boshiga tegishli tramvay shpallari va ko`prik qazib olindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: