Главная » Yangiliklar » Moskva metrosida relsga tushib ketgan yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Moskva metrosida relsga tushib ketgan yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

Moskva metrosida relsga tushib ketgan yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Moskva metrosida relsga tushib ketgan yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 27-08-14, 00:25
Moskva metrosida relsga tushib ketgan yana bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

Moskva metrosining “Dmitrovskaya” bekatida relsga tushib ketgan kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi “RIA Novosti” poytaxt huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib.

 “Relsga odam tushib ketganidan keyin “Dmitrovskaya” bekatidan viloyat tomonga qarab ketuvchi poyezdlar harakati to‘xtatildi”, — dedi agentlik suhbatdoshi. Uning aniqlik kiritishicha, harakat 23 daqiqaga to‘xtatilgan.

 Ayni paytda voqea bilan bog‘liq vaziyatlar o‘rganilmoqda.

 Moskva transport departamenti axborot markazi baxtsiz hodisaning 12:11 (Toshkent vaqti bilan 13:11)da sodir bo‘lganini xabar qilgan. 12:45 da qurbonni olib chiqishgan, shundan so‘ng harakat qayta yo‘lga qo‘yilgan.

 Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Moskva metrosining Zamoskvoretsk yo‘nalishidagi bekatlardan birida ham yo‘lovchi relsga tushib ketib halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

Логин:
Пароль: