Главная » Yangiliklar » Moskvada 43 santimetr qor yog`di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan
Moskvada 43 santimetr qor yog`di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan

Moskvada 43 santimetr qor yog`di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Moskvada 43 santimetr qor yog`di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan
  • Дата релиза: 05-02-18, 16:00
Moskvada 43 santimetr qor yog`di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan
Moskva meriyasi qor bo`roni tufayli o`quvchilarga maktabga bormaslikka ruxsat berdi - uchinchi fevral kuni boshlangan qor fojeali yakunlarga olib kelib, yo`llardagi ahvolni murakkablashtirishda davom etmoqda, deb xabar berdi Sputnik.uz nashri.

Ko`chalardagi qor balandligi 43 santimetrga etgan. O`tgan hafta oxirida Moskva regionlariga kuchli qor bo`roni yopirildi. Sinoptiklarning so`zlariga ko`ra, bunday holat yuz yilda bir marta kuzatiladi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda yo`lovchilar Moskvadagi qor uyumlarida tiqilib qolgan avtobusni itarib chiqarishayotgani haqida video paydo bo`ldi.

Moskva meriyasi qor appokalipsisi bo`roni tufayli bolalarga maktablarga bormaslikka ruxsat berdi. "Kuchli qor bo`roni bugun kechga ham, ertaga ham to`xtamaydi. Yo`llardagi ahvol murakkab. Shaxsiy avtomobillarda harakatlanmaslik tavsiya etiladi. Ertaga maktablarga borishni erkin deb e`lon qilamiz", — deb yozgan Moskva meri Sergey Sobyanin o`zining Tvitterida.

Uchinchi fevral kuni boshlangan qor fojeali yakunlarga olib kelib, yo`llardagi ahvolni murakkablashtirishda davom etmoqda. Qor bilan birga muzli yomg`ir ham yog`gani qayd etilgan.

Moskva meriyasi xabariga ko`ra, ob-havo tufayli Moskvada 1,6 mingga yaqin daraxtlar qulagan, ularning barchasi olib tashlangan.

Moskva regionlarida kuchli qordan keyin yuzaga kelgan ulkan uyumlarni tozalash ishlariga harbiylar jalb qilingan. Bu haqda G`arbiy okrug matbuot-xizmati Interfaksga ma`lum qilgan.

Rossiya gidrometeorologiya markazi ob-havo xavfliligi darajasini sariqdan to`q sariq darajaga ko`targan. Moskva aeroportlarida qor tufayli qoldirilgan reyslar soni 109taga etgan, bekor qilinganlari soni — 28tani tashkil qilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: