Главная » Yangiliklar » Moskvada “Odnoklassniki” foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdan 27 650 dollar talab qildi
Moskvada “Odnoklassniki” foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdan 27 650 dollar talab qildi

Moskvada “Odnoklassniki” foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdan 27 650 dollar talab qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Moskvada “Odnoklassniki” foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdan 27 650 dollar talab qildi
  • Дата релиза: 20-08-14, 22:20
Moskvada “Odnoklassniki” foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdan 27 650 dollar talab qildi

Moskvaning Savelovskiy sudi 11-sentabr kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisining rasmga qoldirilgan haqoratomuz izoh yuzasidan murojaat qilgan da’vo arizasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda sudning axborot kotibi Aleksand Volkov bergan ma’lumotga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.

 56 yoshli da’vogar Asmik Akopyan shikoyatida aytilishicha, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan rasmiga notanish shaxs haqoratomuz izoh qoldirgan. Ayol “Odnoklassniki” ma’muriyatidan izoh qoldirgan shaxsning kimligini aniqlab berishlarini iltimos qilgan. Biroq ijtimoiy tarmoq iltimosni bajarishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, Akopyan politsiyaga murojaat qilgan. Politsiyachilar ham da’vogarning arizasini qabul qilmagan.

 Da’vo arizasi 11-sentabr Moskva vaqti bilan 14:40 da ko‘rib chiqilishi belgilangan.

 Da’vogar yetkazilgan ma’naviy zarar uchun “Odnoklassniki”dan bir million rubl (taqriban 27 650 dollar) talab qilmoqda.

Логин:
Пароль: