Главная » Yangiliklar » ​Moskvada onasining o`limini buyurtma qilgan ayol qo`lga olindi
​Moskvada onasining o`limini buyurtma qilgan ayol qo`lga olindi

​Moskvada onasining o`limini buyurtma qilgan ayol qo`lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Moskvada onasining o`limini buyurtma qilgan ayol qo`lga olindi
  • Дата релиза: 03-02-17, 19:44
​Moskvada onasining o`limini buyurtma qilgan ayol qo`lga olindi
Moskvada onasining o`limini buyurtma qilishda gumonlangan ayol qo`lga olindi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Tergovning taxminiga ko`ra, 38 yoshli Vera Mishkarudnova 2016 yilning noyabr oyida onasi bilan munosabati yaxshi bo`lmaganligi tufayli uni o`ldirishni buyurtma qilgan. Ayolning rejasidan xabar topgan huquq-tartibot idorasi xodimlaridan birini “qotil” qiyofasida uning oldiga yuborgan.

“Qotil” bilan bir necha marotaba uchrashgan Mishkarudnova unga uyning kalitini, onasining fotosuratini, uning kun tartibi haqida axborot berdi.

2017 yilning 2 fevral kuni “qotil” tomonidan onasining o`ldirilgani haqida xabardor qilingan Mishkarudnova bunga ishonch hosil qilish uchun uning uyiga kelganda, polisiyachilar tomonidan qo`lga olindi. Ayolga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Логин:
Пароль: