Главная » Yangiliklar » ​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi
​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi

​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi
  • Дата релиза: 06-06-17, 00:02
​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi
Moskva shahrida yashovchi 19 yoshli o`zbekistonlik qiz soch bo`yashda ishlatiladigan gidroperit moddasidan foydalangandan keyin vafot etdi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, polisiyaning navbatchilik bo`limiga Strelbishensk tor ko`chasida yosh qiz vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, vafot etgan qiz o`zbekistonlik bo`lib, onasi va ikki opasi bilan Moskva shahrida yashagan. Qizning onasi bergan ma`lumotga ko`ra, qizi sochini bo`yayotgan vaqtda birdan mazasi qochib, ko`ngli aynigan va qayt qilgan. Etib kelgan tez yordam xodimlari ham qizga yordam bera olmadi. Qizning tanasidan jarohat izlari, kuch ishlatish alomatlari topilmadi. Voqea joyi polisiyachilar tomonidan tekshirilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, o`lim sabablari o`rganilmoqda.

Gidroperit vositasidan uy sharoitida sochni rangsizlantirish maqsadida foydalaniladi. U suvga aralashtirilganda, peroksid vodorodi va karbamid suyuqligi kelib chiqadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: