Главная » Yangiliklar » Mozilla kompaniyasi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi.
Mozilla kompaniyasi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi.

Mozilla kompaniyasi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Mozilla kompaniyasi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi.
  • Дата релиза: 13-06-14, 13:19
Mozilla kompaniyasi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi.
Mozilla kompaniyasi bu yil Firefox operatsion tizimida ishlovchi 25 dollarlik smartfon ishlab chiqaradi. Qurilma Hindiston va Indoneziya kabi rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga yo‘naltiriladi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Kompaniya top-menejerining ta’kidlashicha, bunday arzon narx oddiy mobil telefonlar foydalanuvchilarining smartfonga o‘tishiga turtki bo‘ladi.

Mozilla nafaqat nochor foydalanuvchilar haqida qayg‘urgani uchun, balki avvalgi qurilmalari ommalashmagani uchun ham bunday qadamni tashlamoqchi.

25 dollarlik smartfon va distribyutorlar tarmog‘ini kengaytirish bilan kompaniya keyingi bir necha oy ichida 10 milliontadan kam bo‘lmagan Firefox-smartfonlarni sotmoqchi.
Логин:
Пароль: