Главная » Yangiliklar » MTS qaytmoqda: O‘zbekistonda MTS bilan qo‘shma korxona yozning oxiriga qadar tashkil etilishi mumkin — OAV
MTS qaytmoqda: O‘zbekistonda MTS bilan qo‘shma korxona yozning oxiriga qadar tashkil etilishi mumkin — OAV

MTS qaytmoqda: O‘zbekistonda MTS bilan qo‘shma korxona yozning oxiriga qadar tashkil etilishi mumkin — OAV

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: MTS qaytmoqda: O‘zbekistonda MTS bilan qo‘shma korxona yozning oxiriga qadar tashkil etilishi mumkin — OAV
  • Дата релиза: 01-07-14, 17:17
MTS qaytmoqda: O‘zbekistonda MTS bilan qo‘shma korxona yozning oxiriga qadar tashkil etilishi mumkin — OAV
Rossiya uyali aloqa operatori — MTS OAJ va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish haqidagi ta’sis hujjatlari yozning oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi “Noviy vek” nashri “RIA Novosti” agentligi xabariga asoslanib.

28-iyun, shanba kuni Toshkent shahrida MTS rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada MTSning uyali aloqa bozoriga qaytishiga ta’sir ko‘rsatayotgan barcha muammoli masalalar hal etildi, deya ta’kidladi “RIA Novosti”ning manbasi. Qayd etilishicha, iyul oyida qo‘shma korxona tashkil etishga oid hujjatlarni tayyorlash jarayoni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyun, juma kuni O‘zbekiston hukumati mahalliy uyali aloqa bozoriga Rossiyaning MTS kompaniyasining qaytishi haqida qaror qabul qildi. Hozircha qo‘shma ko‘rxonada ulushlar taqsimlanishi haqida batafsil ma’lumot yo‘q.
Логин:
Пароль: