Главная » Yangiliklar » Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimida 14 ming kishi ishtirok etdi
Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimida 14 ming kishi ishtirok etdi

Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimida 14 ming kishi ishtirok etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimida 14 ming kishi ishtirok etdi
  • Дата релиза: 12-06-16, 21:44
Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimida 14 ming kishi ishtirok etdi

14 mingga yaqin kishi Muhammad Ali bilan xayrlashuv marosimida ishtirok etdi, deb Kun.Uz yozmoqda.



Marosim 9-10 iyun kunlari mobaynida Kentukki shtatidagi Luisvill shahrida, Freedom Hall sport arenasida bo‘lib o‘tmoqda. Aynan shu yerda afsonaviy bokschi 1960 yili o‘zining ilk professional jangini o‘tkazgandi.



9 iyun kungi marosim marhum avvaldan vasiyat qilganidek musulmoncha rasm-rusumlar bilan o‘tkazilgan (bokschi 1964 yilda islom dinini qabul qilgan – tahririyat).







 



AQShning nufuzli musulmon arboblari, shuningdek, Alining qarindoshlari va do‘stlari vidolashuv so‘zlarini bildirdi. 20 daqiqa atrofida davom etgan marosim chog‘ida bokschining Makka tomoniga qaratilgan tobuti oldida Qur’on tilovat qilindi, duolar o‘qildi.



Tarixda ilk marta musulmoncha rasm-rusumlar bilan o‘tkazilgan vidolashuv marosimi Amerika milliy televideniesi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.



 





Bugunga uning dafn marosimi belgilangan. Bu marosimda AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton ham hozir bo‘ladi va nutq irod qiladi. Marosimga shuningdek, Iordaniya qiroli Abdulla Ikkinchi, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an, aktyor Uill Smit va bokschi Lennoks Lyuis kabi nufuzli shaxslar ishtirok etadi.



Tobutni ko‘taruvchilar orasida Alining sparring bo‘yicha sherigi — Jimmi Ellisning ukasi Jerri, bokschining amakivachchalari Jon Greydi va Yan Vedell, jiyani Ibn Ali, kuyovi Komavi Ali, oilaviy do‘sti Jon Ramzi bor.





Muhammad Ali 3 iyun, juma kuni, Finiks shahridagi shifoxonalardan birida jon berdi. Marhum bokschi nafas olishga qiynalayotgani sababli shifoxonaga yetkazilgan va u yerda bir necha kun o‘tkazgan edi.



Professional faoliyati davomida Muhammad Ali 61 ta jang o‘tkazib, 56 tasida (shulardan 37 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozonib, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. U 1960 yilgi Olimpiada chempioni bo‘lgan. 1999 yilda Ali «Asrning eng yaxshi sportchisi» deb tan olingandi.



 

Логин:
Пароль: