Главная » Yangiliklar » ​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz”
​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz”

​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz”
  • Дата релиза: 11-05-17, 22:18
​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz”

Xonanda Munisa Rizaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan so`zlari e`tiborimizni tortdi.

“Biz ko`pincha ko`ngilsizliklarda atrofimizdagi yaqin insonlarni ayblaymiz. Lekin bir narsani sira ham unutmasligimiz darkor, tushkun kayfiyatimizga atrofimizdagilarni mutloq aloqasi yo`q. Yagona aybdor bu o`zimiz, chunki biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko`proq mehr beramiz, qadrimizga etadigan insonlarga esa e`tibor ham bermaymiz. Suyganimiz mehrsizu, suymaganimiz mehrli, biroq buni anglab etmaymiz. E`tiborsizlar uchun har narsaga tayyormizu, biroq e`tiborlilar oldida e`tiborsizdekmiz. Oqibatda esa qadrlaganimiz oldida shunchalar qadrsizlanamizki va bu tushkun kayfiyatda boshqa birovlarni ayblaymiz. Shu ham adolatdanmi? Axir, barchasiga faqat o`zimiz aybdormizku. Shunchaki bizni yaxshi ko`rganlarni ulardanda ko`proq yaxshi ko`raylik, bizni qadrlaganlarni qadrlaylik, bizni eslaganlarni eslaylik. Shunda barchasi biz kutganimizdek bo`ladi...”,—deb yozdi Munisa Instagram`dagi sahifasida.

Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: