Главная » Yangiliklar » Muqaddas Sa'dullaeva Yigitalining onasi bilan tushgan fotosuratni taqdim etdi
Muqaddas Sa'dullaeva Yigitalining onasi bilan tushgan fotosuratni taqdim etdi

Muqaddas Sa'dullaeva Yigitalining onasi bilan tushgan fotosuratni taqdim etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Muqaddas Sa'dullaeva Yigitalining onasi bilan tushgan fotosuratni taqdim etdi
  • Дата релиза: 20-12-18, 22:17
Muqaddas Sa'dullaeva Yigitalining onasi bilan tushgan fotosuratni taqdim etdi
Xabaringiz bor, avvalroq Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa`dullaeva turmush qurgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva Yigitalining onasi va qizi bilan tushgan fotosessiyani instagram‘dagi sahifasiga joylashtirdi.

"Bular meni mehribon qalbi daryo soddadil Oyijonim! Yakkayu yolg`iz farzandini baxtu kamolini ko`rishni kutib yashagan Ona, go`zal chehrasi ortida g`amu tashvish, qancha dardni matonat kuchu g`ayrat bilan yashira olgan kuchli Ayol. Siz bizlarni baxtu kamolimizni, rohatlarda ko`rishga haqlisiz! Barcha orzularingizni Alloh nasib etsa o`g`lingiz bilan ro`yoblarga chiqaramiz. Chunki sizni judayam qattiq yaxshi ko`ramiz. Siz borsiz uyimiz nurli, siz borsiz uyimizning fayzi o`zgacha. Baxtimizga hamisha sog`u salomat bo`ling. Har doim shunday yosh betakror ko`rinib, dugonalardek birga yuring yonimda. Bir umr xizmatingizda bo`lib, duoyingizni umrbod olish nasib qilsin", - deb izoh qoldirdi aktrisa.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: