Главная » Yangiliklar » ​Muqaddas Sa'dullaevaning turmush o'rtog'iga atalgan so'zlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda
​Muqaddas Sa'dullaevaning turmush o'rtog'iga atalgan so'zlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda

​Muqaddas Sa'dullaevaning turmush o'rtog'iga atalgan so'zlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Muqaddas Sa'dullaevaning turmush o'rtog'iga atalgan so'zlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda
  • Дата релиза: 30-01-17, 16:00
​Muqaddas Sa'dullaevaning turmush o'rtog'iga atalgan so'zlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda
Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan so`zlari uning muxlislarini o`yga toldirdi.

Muqaddasning o`zi bu so`zlarni“Qalb daftaridan bitiklar” deb atadi. So`zlar ma`nosidan bu uning turmush o`rtog`iga atalganini sezish qiyin emas.

“Men sen bilan bo`lgan hayot o`yinida g`olib chiqdim. Chunki menda U bor! Senda esa yo`q! U meni Hayotim mazmuni , ertangi kunim quyoshi, quvonchi , yashashga umidim, umrimning mazmuni! Senda yana shunday o`zi kichkina, aslida esa Katta Baxt bo`lmish mo`jizaviy ne`mat bo`lishi Dargumon! Chunki xor qilganingga zor bo`lasan deb bejiz aytishmagan Dono xalqimiz! Men birovni oilasiga ya`ni birovni eriga hatto nogahon qarab qolishdan qo`rqaman, ayolini diliga nogoh ozor berib qo`yishdan qo`rqaman, buni o`zimga or deb bilaman, zinodan qo`rqaman, farzandimni halol katta qilishga intilaman, chunki halollikda gap ko`p, shuning uchun hamisha vijdonim oldida mag`rur bosh ko`taraman! Farzandimni nas balosidan uzoq tutaman, har dam Allohim meni to`g`ri yo`ldan adashtirmasiligini so`rayman! Jajjigina farishtacham kelajagi, taqdiri men uchun Birinchi o`rinda! Taqdiri go`zal bitilishini Yaratgandan tinmay so`rayman! Hayotda ko`p qoqildim, lekin or-nomusimni sotmadim, elkamda har dam oilam mas`uliyati og`ir bosilib turdi, ba`zida erkak bo`lib tug`ilsam oilam mustahkam bo`lardi, deb o`ylab qolaman, chunki senga nisbattan mas`uliyatli ekanimni yaxshi bilaman. Mayli Yaratganga shukur, unga shirk keltirish katta gunoh deb o`zimni ovutaman! Vaqti keladi qo`lingdagi qo`g`irchoqlar seni arzon sotib ketadi, afsuslanasan, hayotdagi eng go`zal baxting oilangni yo`qotganingni tushunib etasan. Lekin unda hammasi uchun juda kech bo`ladi ! Ha aytgancha menda qalb go`zalligi birinchi o`rinda, sen birovlarga aytganchalik xohlaganing kabi go`zal bo`la olmaganim uchun kechir. Senga xusni jamoli misli oy kabi go`zal yor tilab qolaman! Faqatgina yaratgandan so`raymanki, qalbi mendek samimiy bo`lmasin! Chunki senga asosiysi qalb emas, asosiysi go`zal Siymo! Qalbimni o`zim bilan mangulikga olib ketaman... Mayli barchasi uchun shukur , Yaratganga hamdu sanolar aytaman, barcha bergan sinovlaridan Sabr bilan o`taman! Biz kuchlimiz bunga ishonaman !”,—deb yozdi Muqaddas Sa`dullaeva o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Muqaddas Sa`dullaeva 2014 yilda aktyor Sanjar G`aniev bilan turmush qurgan edi. Ularning oilasida 2015 yilning 11 sentyabr kuni qiz farzand dunyoga keldi.
Логин:
Пароль: