Главная » Yangiliklar » ​MUSIQIY BILIMSIZ KONSERVATORIYaGA KIRGAN SARDOR RAHIMXON NIMA SABABDAN O`QIShNI TAShLAB KETGANI HAQIDA GAPIRDI
​MUSIQIY BILIMSIZ KONSERVATORIYaGA KIRGAN SARDOR RAHIMXON NIMA SABABDAN O`QIShNI TAShLAB KETGANI HAQIDA GAPIRDI

​MUSIQIY BILIMSIZ KONSERVATORIYaGA KIRGAN SARDOR RAHIMXON NIMA SABABDAN O`QIShNI TAShLAB KETGANI HAQIDA GAPIRDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​MUSIQIY BILIMSIZ KONSERVATORIYaGA KIRGAN SARDOR RAHIMXON NIMA SABABDAN O`QIShNI TAShLAB KETGANI HAQIDA GAPIRDI
  • Дата релиза: 27-07-17, 17:32
​MUSIQIY BILIMSIZ KONSERVATORIYaGA KIRGAN SARDOR RAHIMXON NIMA SABABDAN O`QIShNI TAShLAB KETGANI HAQIDA GAPIRDI
O`zbekiston davlat konservatoriyasi professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon konservatoriyaga istisno tarzida ya`ni talab qilinadigan musiqiy bilimsiz qabul qilganini ma`lum qilgan edi.

"Sardor Rahimxon O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bo`lgan payti Madaniyat vaziri tavsiyasiga binoan olingan. U olingan payti men yo`q edim, mensiz qabul qilingan. Lekin Sardor Rahimxon negadir o`qishga kelmadi va hattoki to`lovlarni amalga oshirmagani uchun yarim yilda dargohni tark etdi",—degan edi Dilorom Omonullaeva.

Sardor Rahimxon “Sayyod” bilan suhbatda mazkur vaziyatga oydinlik kiritdi:

“Noto`g`ri! To`lovlarni amalga oshirmaganim uchun emas. Bir oydan keyin o`qishdan ketganman. Chunki o`qishga qatnab, bilim olib o`qishni niyat qilardim. O`qishga kirgan paytim ijodimdagi mashhurlik kelgan payti bo`lib o`qishga borishga vaqtim va imkoniyatim xam bo`lmadi. Kimlargadir iltimos qilishga, yalinishga majbur bo`lardim, kerak bo`lsa balki pul berib, balki pul bermay, endi bu narsa sir emasku. Bilmadim...Aytmoqchimanki, unaqa o`qishni o`zimga lozim deb bilmadim. Vijdonim qabul qilmadi. O`qisam bo`lardi 4 yil amallab o`qib, diplomni olib ketardim. Keyinchi? Nima bo`lardi? Bilim olmasdimku baribir, shunchaki qo`limda diplom bo`lishini nima keragi bor? O`zimni o`zim aldagim kelmadi, shuning uchun ketganman”.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: