Главная » Yangiliklar » ​Namanganda “Damas”lar harakatlanishi to`xtatiladi
​Namanganda “Damas”lar harakatlanishi to`xtatiladi

​Namanganda “Damas”lar harakatlanishi to`xtatiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Namanganda “Damas”lar harakatlanishi to`xtatiladi
  • Дата релиза: 25-03-17, 23:44
​Namanganda “Damas”lar harakatlanishi to`xtatiladi
Viloyat hokimining farmoyishi bilan Namangan shahridagi transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo`l-transport hodisalarining oldini olish, yo`l qoplamalari va transport to`xtash joylarini ta`mirlash ishlarini yakunlash maqsadida «Damas» rusumli transport vositalarining harakatlanishi to`xtatildi. Bu haqda Uz24 nashri namnews.uz xabariga asoslangan holda ma`lumot berdi.

Joriy yilning 25 martidan boshlab har kuni soat 7.00 dan 20.00 ga qadar “Temir yo`l vokzalidan A. Navoiy ko`chasi orqali Chorsu bozorigacha” hamda “Temir yo`l vokzalidan A. Temur va B. Mashrab ko`chalari orqali Chorsu bozorigacha” maxsus transport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari “Damas” harakatlanishiga yo`l qo`yilmaydi.

Belgilangan yo`nalishlarda “Isuzi” rusumli avtobuslarining jadval asosida muntazam harakatlanishi ta`minlanadi.

Hujjatga ko`ra, joriy yilning 1 oktyabriga qadar shaharda yo`lovchilar tashish transportida yo`l kira haqi uchun naqd pulsiz haq to`lash tizimi joriy etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: