Главная » Yangiliklar » Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi
Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi

Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi
  • Дата релиза: 23-04-17, 12:59
Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda esa Rossiyada yashab ijod qilayotgan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova Ukraina hukumati tomonidan taqiqlangan artistlar “qora” ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda xonandaning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Qo‘shiqchi sahifasiga uning Ukraina hududiga kirishini taqiqlovchi rasmiy hujjat suratini joyladi va umrida birinchi marta o‘zini persona non grata sifatida his qilganini qayd etdi.

Nargiz Zokirova siyosatga san’atning aralashtirilishiga qarshi chiqdi va ukrainalik muxlislariga murojaat qilib, o‘rtadagi masofaga qaramasdan, qalban doim ular bilan birga ekanligini aytdi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: