Главная » Yangiliklar » Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi
Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi

Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi
  • Дата релиза: 08-06-17, 21:07
Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi
Narkokuryer ayol Shanxayga matosi tarkibida kokain bo‘lgan jomadonni olib o‘tishga urindi. Bu haqda The South China Morning Post ma’lum qildi.

Janubiy Osiyoda tug‘ilib-o‘sgan ayol Shanxay aeroportiga Janubiy Amerikadan uchib keldi. U o‘zi bilan olib kelgan jomadon dastlab ko‘rikdan muammosiz o‘tdi. Biroq chegarachilar rentgen qurilmasi displeyida uning rangi o‘ta to‘q ekanligiga e’tibor qaratdi.

Ayoldan jomadonni ochish va ichidagilarni ko‘rsatish so‘raldi. Barcha buyumlar olinganda, bojxonachilarda bo‘sh jomadon o‘ta og‘irligi shubha uyg‘otdi. Ulardan biri uni hatto bir qo‘lida ham ko‘tarolmadi.

Jomadon matosi ekspertizasi unda katta miqdorda kokain borligini ko‘rsatdi. Jami matodan 10 kilogrammdan ko‘proq narkotik chiqarib olindi.

Chegarachilar man etilgan moddalarni olib o‘tishning bunday antiqa usuli bilan birinchi bor to‘qnash kelganini yashirmadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: