Главная » Yangiliklar » Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda
Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda

Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda
  • Дата релиза: 02-04-17, 01:39
Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda
Bugundan “Lokomotiv” jamoasi a`zolari soni yana bir nafarga ortdi. Bilasiz, klub brendini yanada ommalashtirish borasida “Lokomotiv”ning ahil jamoasi samarali faoliyat olib bormoqda. Natijada, “temiryo`lchilar” jamoasiga muxlislik qiladigan auditoriya borgan sayin ortib bormoqda.

Bugundan “Lokomotiv”ning ishqibozlari soni san`atsevarlar hisobiga yanada ortsa ajab emas. Zero biroz avval o`zbek estradasining yorqin yulduzi – Nilufar Usmonova “Lokomotiv” bilan transfer kelishuviga erishdi. Klub qarorgohiga tashrif buyurgan elimiz ardog`idagi san`atkor stadion va klub bilan yaqindan tanishgach, unga 21-raqamli futbolka ramziy tarzda topshirildi.

Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarda Nilufar Usmonova ham to`p suradi. U mazkur hamkorlikning yo`lga qo`yilganidan mamnun ekanini ta`kidlab, “temiryo`lchilar”ning ushbu mavsumda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonishini ta`kidladi.

“Men shou-biznesni tark etyapman. Meni bolaligimdan futbol qiziqtirishini tushunib etdim. Inson ko`nglidagi ish bilan shug`ullanishi kerak. Meni tushunasizlar va qo`llab-quvvatlaysizlar deb umid qilaman. Keyingi Jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi tarkibida bo`laman deb umid qilaman”, deydi Nilufar.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: