Главная » Yangiliklar » Nima uchun Angliyada suv uchun 2 ta jo‘mrak o‘rnatiladi bilasizmi?
Nima uchun Angliyada suv uchun 2 ta jo‘mrak o‘rnatiladi bilasizmi?

Nima uchun Angliyada suv uchun 2 ta jo‘mrak o‘rnatiladi bilasizmi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nima uchun Angliyada suv uchun 2 ta jo‘mrak o‘rnatiladi bilasizmi?
  • Дата релиза: 16-04-17, 23:18
Nima uchun Angliyada suv uchun 2 ta jo‘mrak o‘rnatiladi bilasizmi?
Dunyo o‘zga madaniyat vakillari uchun g‘alati ko‘rinadigan an’analarga boy. AdMe nashri nima uchun Angliyadagi rakovinalarda ikkita jo‘mrak bo‘lishi bilan qiziqdi.

Tarixiylik

Britaniyadagi uylarning katta qismi XIX asr oxiri va XX asr boshiga taalluqli bo‘lib, u davrda zamonaviy jo‘mraklar yaratilmagan edi. Ichki santexnika joriy etilganda tizim oddiy bo‘lgan va faqat sovuq suv tarmoqdan to‘g‘ri oshxonaga ulangan. Keyinchalik alohida issiq suv tizimi qo‘shilgan va ikkita tizim paydo bo‘lgan.

Qonunga rioya qilish

Angliyada mavjud qonunga ko‘ra sovuq suv va suv isitgichdagi qaynoq suvni aralashtirish taqiqlanadi. Gap shundaki, mamlakatda markaziy isitish tizimi mavjud emas va har bir uyda alohida gaz yordamida isitiladigan qurilma bor. Angliyaliklar bu qurilmani markaziy isitish tizimi deb ataydi. Avval suv isitgichda alohida suv to‘playdigan sisterna bo‘lishi kerak bo‘lgan. Suv sisternada uzoq vaqt qolib ketgan va idish zanglab, suv ichish uchun yaroqsiz holga kelgan. Ko‘plab kishilar bu holatning oldini olmagan. Natijada ichish uchun yaroqli suvni va idishda to‘plangan qaynoq suvni aralashtirishni taqiqlovchi qonun qabul qilishga to‘g‘ri kelgan.

An’analarga amal qilish

Angliyaliklar oqayotgan suvda qo‘l yuvmaydi. Avval ular rakovina tubini tiqin bilan yopib, uni suv bilan to‘ldiradi va keyin qo‘lni sovunlab yuvadi. Shundan so‘ng tiqinni olib, qo‘lni sochiq bilan artadi. Bunda ular qo‘lni chaymaydi. Ular shu tarida yuvinadi va idishlarni ham yuvadi, chaymasdan quritadi.

Tejamkor yondashuv

Ikkita alohida jo‘mrakdan foydalanishda suv kerakli miqdorda aralashtiriladi va unda qo‘l yuviladi. Shu tariqa faqat foydalanilgan suv sarf qilinadi. Ikki jo‘mrakni birdaniga ishga tushiradigan qurilma bo‘lganda esa suv kerakli haroratga kelganidan so‘ng qo‘l yuviladi va bunda keragidan ortiqcha suv sarflanadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: