Главная » Yangiliklar » Nukusda shunday onaxon bor: u taksi haydaydi
Nukusda shunday onaxon bor: u taksi haydaydi

Nukusda shunday onaxon bor: u taksi haydaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nukusda shunday onaxon bor: u taksi haydaydi
  • Дата релиза: 03-07-17, 13:25
Nukusda shunday onaxon bor: u taksi haydaydi
Nukus shahrida shunday “taksist” onaxon bor uni ko‘pchilik taniydi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ana shu taksi haydovchi onaxonning rasmi ancha ommalashib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Adil Xudaybergenov ismli foydalanuvchi shunday izoh qoldirgan: “Meni Gone qalada bekatning yonidagi taksi bekatidan shu onaxon Taxiatoshga olib bordi. Qoyil qoldim. Ikki hissa pul to‘ladim. Bundan 5-6 yil ilgari. Biroq unchalik ko‘p gairmas ekan”.

Klara Allaniyazova ismli foydalanuvchi esa: “Bazar apa. Shu Gone qala markazidagi bolalar bog‘chasining eski rahbari”, deya taksi haydovchi onaxonning shaxsiga aniqlik kiritib o‘tgan.

Ziuaddin Allanazarov esa sal boshqacharoq fikr qoldirdi: “Genje opa Qadirova (agar adashmasam)”.

“Bu opa juda sahiy! Puling kam bo‘lsa ham, “Yaxshi, beraver, men bir boyib ketay deb yurganim yo‘q, qarab o‘tirgancha odamlarga foydam tegsin deb yuribman”, deb keng fe’llik ko‘rsatdi”, deya yozgan Raya Ernasheva.

Allayar Yusupoff ham uni maqtab o‘tgan: “Shu ayolning taksisiga 2 marta o‘tirdim. Haqiqiy adrenalin!”

Gulaim Nurumbetova esa bu onaxonni tanqid qilib o‘tgan. “O‘z yoshiga yarasha uyida nabiralarini boqib o‘tirsa bo‘lmasmikan bu kampir. Oilasini boqib yurgan taksichilarning noniga sherik bo‘lib yurgancha”.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: