Главная » Yangiliklar » Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga oldi
Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga oldi

Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga oldi
  • Дата релиза: 19-09-16, 10:45
Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga oldi
Nyu-York politsiyasi FQB bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda 17-sentabr, shanba kuni sodir bo‘lgan portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi besh kishini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gumonlanuvchilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya Bruklin va Staten-Aylend tumanlarini birlashtiruvchi Verratsano avtomobil ko‘prigida o‘tkazildi.

Politsiya va FQB xodimlari ko‘prik bo‘ylab ketayotgan avtomobilni to‘xtatgan va undagi odamlarni qo‘lga olgan. Hozirda ular so‘roq qilinmoqda.

FQB agentlari ushbu mashinani ma’lum vaqt davomida kuzatgan. Operatsiya tufayli ko‘prikda harakatlanish to‘xtatilgan. Qo‘lga olinganlarning megapolisdagi portlashga aloqadorligi haqida rasman ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr, shanba kuni Manxetten markazidagi Chelsi kvartalida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi.
Логин:
Пароль: