Главная » Yangiliklar » O'zbekiston benzin narxi bo'yicha xalqaro reytingda nechanchi o'rindaligini bilasizmi?
O'zbekiston benzin narxi bo'yicha xalqaro reytingda nechanchi o'rindaligini bilasizmi?

O'zbekiston benzin narxi bo'yicha xalqaro reytingda nechanchi o'rindaligini bilasizmi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'zbekiston benzin narxi bo'yicha xalqaro reytingda nechanchi o'rindaligini bilasizmi?
  • Дата релиза: 05-03-18, 13:28
O'zbekiston benzin narxi bo'yicha xalqaro reytingda nechanchi o'rindaligini bilasizmi?
Global Petroleum Prices xalqaro reyting agentligi har bir mamlakatdagi benzin narxidan kelib chiqib, dunyo davlatlari reytingini tuzdi. Bu haqda daryo.uz xabar qildi
Ro'yxatda Venesuela yetakchilik qildi, u yerda benzin narxi atigi 1 sentga teng. Keyingi o'rinlarda — Sudan (34 sent), Kuvayt (35), Eron (36), Misr va Jazoir (37 sentdan).
Reytingning eng pastki o'rinlarini Islandiya (benzinning narxi balandligi bo'yicha yetakchi — 2,08 dollar), Gonkong (2,02) va Norvegiya (2 dollar) band etdi.
2018 yil 26 fevral holatiga ko'ra, O'zbekiston 96 sent narx bilan ro'yxatning 39-pog'onasida joylashdi. Mintaqaning boshqa mamlakatlari reytingda balandroq pog'onalarni egalladi: Turkmaniston — 7-o'rin (43 sent), Qozog'iston — 14-o'rin (55 sent), Qirg'iziston — 19-o'rin (65 sent). Tojikiston reytingga kiritilmadi.
Rossiya ro'yxatning 28-o'rnini band qildi (73 sent).
O'rtacha olganda benzin narxi bir litri uchun 1,15 dollarga teng bo'ldi.
Global Petroleum Prices aniqlik kiritishicha, narxlardagi farqlar turli mamlakatlar uchun benzin tannarxidan emas, har bir davlat bozoridagi soliqqa tortishning o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan.
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: