Главная » Yangiliklar » O'zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko'proq qiymatda arzonlashadi
O'zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko'proq qiymatda arzonlashadi

O'zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko'proq qiymatda arzonlashadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko'proq qiymatda arzonlashadi
  • Дата релиза: 30-11-18, 13:44
O'zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko'proq qiymatda arzonlashadi
2018 yilning 1 dekabridan boshlab UZTELECOM yangi kafolatlangan cheksiz internet tarif rejalarini taqdim etadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o`rniga bag`ishlangan anjumanda ishtirok etayotgan “Xalq so`zi“ muxbiri xabar bermoqda.

Kompaniyaning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda birinchi marta 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet narxi oyiga 88 ming so`mni tashkil etadi.

Bu oldingi shunday tarif rejasidan 2 martadan ko`proq qiymatda arzonroq ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, endi tarif rejalarida “gacha“ qo`shimchasi mavjud bo`lmaydi. Bu tanlab olingan tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Misol uchun endi siz 1 Mbit/s tarif olsangiz bu internet aynan 1 Mbit/s barqaror tezlikdagi internetni anglatadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: