Главная » Yangiliklar » O'zbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi ma'lum qilindi

O'zbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi ma'lum qilindi

O`zbekistonda ilk pulli avtomobil trassasi Toshkent va Samarqand o`rtasidagi masofani ikki soatga qisqartiradi.

Yaqinda Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasida qo`mita raisining birinchi o`rinbosari Laziz Qudratov boshchiligida Turkiyaning Cengiz – Kolin — Kalyon kompaniyalar konsorsiumi bilan birinchi ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralarda davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida “Toshkent – Samarqand” yo`nalishi bo`ylab yo`l qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

Ma`lumot uchun, mazkur tashabbus turk investorlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar portfelidan joy olgan bo`lib, Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog`anning shu yil yurtimizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog`ida imzolangandi.

Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi O`zbekiston tomonidan rasmiy sherik sifatida ishga kirishadi.

Loyihani ishlab chiqishda magistralni yashash hududlaridan uzoqroqdan olib o`tish, yaylov va qishloq xo`jaligi hududlari hamda atrof muhitga minimal ta`sir qilishni inobatga olish masalasi ham ko`rib chiqildi.

Bunyodkorlik ishlarini 2019-2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «O'zbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi ma'lum qilindi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]