Главная » Yangiliklar » O'zi harakatlana oladigan "aqlli" bolalar aravachasi yaratildi
O'zi harakatlana oladigan

O'zi harakatlana oladigan "aqlli" bolalar aravachasi yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'zi harakatlana oladigan "aqlli" bolalar aravachasi yaratildi
  • Дата релиза: 24-01-16, 22:39
O'zi harakatlana oladigan "aqlli" bolalar aravachasi yaratildi

Indiegogo saytida “aqlli” bolalar aravachasini ishlab chiqarishga pul yig'ilmoqda. U avtomatik tarzda ota-ona bilan  yonma-yon yurish imkoniyatiga ega. Bu esa aravachaga yugurish vaqtida ota-onaga hamroh bo'lish imkonini beradi.

Buning uchun aravacha Android yoki iOS operatsion tizimida ishlaydigan smartfon yoki “aqlli” soatga ulangan bo'lishi kerak.

Smartbe  aravachasi yomg'ir, quyosh nuri va hashorotlardan himoyalangan. Unga xavfsizlik kamari hamda smartfon bilan aloqani yo'qotganda ishlab ketadigan o'g'irlashga qarshi sistema o'rnatilgan. Aravachada mikrofon kamera o'rnatilgan bo'lib, uning yordamida chaqaloqni smartfon orqali kuzatib turish mumkin.

Bundan tashqari unda musiqani translyatsiya qiluvchi akustik sistema hamda bolalar ovqatini isitib beruvchi bo'lma mavjud.

Loyiha muallifining so'zlariga qaraganda, aravachaning motorlashtirilgan funktsiyalari akkumulyator quvvati tugagan vaqtda ham ishlaydi.

Smartbe  “aqlli” aravachasining narxi to'plamga qarab 399 dollardan 3199 dollargacha etadi.

Логин:
Пароль: