Главная » Yangiliklar » O`tgan yilgiga qaraganda abiturientlar soni kam. Bu nima bilan izohlanadi?
O`tgan yilgiga qaraganda abiturientlar soni kam. Bu nima bilan izohlanadi?

O`tgan yilgiga qaraganda abiturientlar soni kam. Bu nima bilan izohlanadi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`tgan yilgiga qaraganda abiturientlar soni kam. Bu nima bilan izohlanadi?
  • Дата релиза: 16-07-18, 21:01
O`tgan yilgiga qaraganda abiturientlar soni kam. Bu nima bilan izohlanadi?
15 iyul kuni respublikamiz Oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi. Bu yil qancha abiturient o`qishga kirish istagini bildirgan? Qaysi Oliy ta`lim muassasasiga eng ko`p hujjat topshirildi?

Bu savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboev shunday javob berdi:

Bu yil 60 ta Oliy Ta`lim muassasasi va uning 19 ta filialiga 675 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan. Bu o`tgan yilgiga qaraganda 54 mingga kam. Bu kechki va sirtqi bo`limlarning ochilishi bilan izohlanadi. Tanlov ko`rsatkichi bir o`ringa 8.3 ni tashkil etdi. O`tgan yili bu raqam 10.9 ni tashkil etgan edi. Eng ko`p hujjatlar Qarshi davlat universitetiga topshirilgan. Unga bu yil abiturientlardan 30 ming 987 ta ariza qabul qilingan, keyingi o`rinda Samarqand davlat universiteti bo`lib, unga 28 ming 770 nafar, shuningdek Farg`ona davlat universitetiga 27 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan. Eng ko`p konkurs Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg`ona filialida bo`ldi. Bu erda bir o`ringa kurashayotgan abiturientlar ko`rsatkichi 23,2 ni tashkil etdi. O`tgan yili ham ayni shu universitetda eng kuchli raqobat kuzatilgan. Shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent Davlat Texnika universitetining Termiz filialida raqobat kuchli.

Bu yil testlarni shaffofligini ta`minlash maqsadida oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalaridan 4 ming 500 nafardan ortiq pedagog va rahbar kadrlar jalb etiladi. Ayni paytda ularni saralash ishlari ketmoqda. Joriy yilda 60 ta binoda test sinovlari o`tkaziladi. Guruhlar soni 1063 tani tashkil etmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: