Главная » Yangiliklar » O`zbek san`atining yana bir namoyondasi vafot etdi
O`zbek san`atining yana bir namoyondasi vafot etdi

O`zbek san`atining yana bir namoyondasi vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbek san`atining yana bir namoyondasi vafot etdi
  • Дата релиза: 12-02-17, 12:25
O`zbek san`atining yana bir namoyondasi vafot etdi
10 fevral kuni G`anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi. Bu haqda xonandaning hamkasblari o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirishmoqda.

“Afsuski, san`atimizning yana bir vakilasi dunyoni tark etibdilar... Munira opa Muhammedova Dutorchi qizlar ansamblida kuylar edilar. Bolaligimdan ko`pgina konsert dasturlarda bir sahnada chiqar edik... Joylari jannatdan bo`lsin... Kimnidir juda yosh dunyodan o`tganini ko`rsam, aslida olganda bu dunyo hech kimniki emasligini sezaman”, – deb yozdi Iroda Dilroz.

Ma`lumotlarga ko`ra, xonanda salomatligi sabab Hindistonda jarrohlik amaliyotini o`tkazgandi.

“Parvona.com” jamoasi nomidan marhumaning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: