Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI JSST EVROPA MINTAQAVIY BYuROSINING 67-SESSIYaSIDA IShTIROK ETMOQDA
​O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI JSST EVROPA MINTAQAVIY BYuROSINING 67-SESSIYaSIDA IShTIROK ETMOQDA

​O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI JSST EVROPA MINTAQAVIY BYuROSINING 67-SESSIYaSIDA IShTIROK ETMOQDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI JSST EVROPA MINTAQAVIY BYuROSINING 67-SESSIYaSIDA IShTIROK ETMOQDA
  • Дата релиза: 12-09-17, 11:33
​O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI JSST EVROPA MINTAQAVIY BYuROSINING 67-SESSIYaSIDA IShTIROK ETMOQDA
Shu yilning 11-14 sentyabr kunlari sog`liqni saqlash vaziri A.Shadmanov rahbarligida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Evropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir kun tartibiga Evropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakabning 2016-2017 yillarda amalga oshirilgan ishlar bo`yicha hisoboti,JSSTning 2019-2023 yillarga mo`ljallangan umumiy ish dasturi, “Salomatlik-2020” siyosatini amalga oshirish, Evropa mintaqaviy byurosiga a`zo davlatlar o`rtasida dori-darmon ta`minoti bilan bog`liq aloqalarni yaxshilashga doir bir qator dolzarb masalalar muhokamasi kiritilgan.

Ma`lumki, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy byurosining 2012 yil sentyabr oyida bo`lib o`tgan yillik sessiyasida unga a`zo 53 ta davlat, jumladan, O`zbekiston ham “Salomatlik — 2020” strategiyasini qo`llab-quvvatlagan edi.“Salomatlik – 2020” strategiyasi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, inson salomatligi va bo`lajak nasllar kamolotiga salbiy ta`sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarning oldini olishga yo`naltirilgan. O`tgan yillar mobaynida O`zbekistonda ushbu strategiyani amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi va ko`rsatmalari asosida yurtimizda olib borilayotgan tibbiy islohotlar bugun yangi bosqichda davom etmoqda.

Vengriyada o`tkazilayotgan 67-sessiya ishidavomida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi delegasiyasi JSST Evropa mintaqaviy byurosiga a`zo davlatlar sog`liqni saqlash vazirliklari va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar olib borishi ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz mazkur sessiya 14 sentyabrga qadar davom etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: