Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA YaNGI NIShON TA`SIS ETILDI
​O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA YaNGI NIShON TA`SIS ETILDI

​O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA YaNGI NIShON TA`SIS ETILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA YaNGI NIShON TA`SIS ETILDI
  • Дата релиза: 11-10-17, 14:04
​O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA YaNGI NIShON TA`SIS ETILDI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan «O`zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil» esdalik nishoni ta`sis etildi.

Yangi nishon O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma`naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta`minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do`stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini keng targ`ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo`shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida ta`sis etildi.

Esdalik nishon bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma`naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta`minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do`stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini keng targ`ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo`shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

Nishon bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Nishon O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, shu ishga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

«O`zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo`ladi.

Esdalik nishonining qalinligi – 2,2 millimetr.

Esdalik nishonining old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduz markazida, taralayotgan quyosh nurlari fonida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining rangli emaldan ishlangan hilpirab turgan tasviri aks etgan. Yulduzning tepa qismida balandligi 3,5 millimetr bo`lgan «25» yozuvi, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli «YIL» yozuvi joylashgan. Esdalik nishonining pastki qismida, sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi kitob – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tasviri aks ettirilgan. Yozuvlar zarhal rangda.

Esdalik nishonining aylanasi bo`ylab oq emalli doirada «O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA» so`zlari yozilgan. Pastki qismida, markazda ikkita sakkiz qirrali yulduz oralig`ida bir-biriga tutashtirilgan holatdagi ikkita zaytun novdasi tasvirlangan. Yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda bo`lib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.

Esdalik nishonining orqa tomonida O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan bo`lib, pastki qismida, markazda «2017» yozuvi joylashgan.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o`ralgan.

Esdalik nishoni shoyi lenta bilan qoplangan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi qadag`ichga ilgakchalar va halqacha yordamida ulangan. Shoyi lentaning o`rtasidan eni 7 millimetrli yashil rangli yo`l, uning ikki chetidan esa sariq rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan eni 2,5 millimetrli ikkita oq rangli yo`l o`tgan. Shoyi lentaning chekka qismlari bo`ylab eni 2,5 millimetr bo`lgan moviy rangli yo`llar o`tgan.

Qadag`ichning bo`yi – 16 millimetr, eni – 25 millimetr.

Qadag`ichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qo`yish uchun to`g`nog`ich ko`rinishidagi moslama o`rnatilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: