Главная » Yangiliklar » O`ZBEKISTON O`ZINING UZPHONE MESSENJERINI IShLAB ChIQMOQDA
O`ZBEKISTON O`ZINING UZPHONE MESSENJERINI IShLAB ChIQMOQDA

O`ZBEKISTON O`ZINING UZPHONE MESSENJERINI IShLAB ChIQMOQDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`ZBEKISTON O`ZINING UZPHONE MESSENJERINI IShLAB ChIQMOQDA
  • Дата релиза: 30-10-17, 15:42
O`ZBEKISTON O`ZINING UZPHONE MESSENJERINI IShLAB ChIQMOQDA
"O`zbektelekom" yaqin vaqt ichida Uzphone messenjerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning bildirishlaricha, u Telegram, Skype, Viber va WhatsApp messenjerlarining muqobili bo`ladi.
Hozirda messenjer alfa-sinov bosqichida bo`lib, u orqali hozircha matnli xabarlar jo`natish va qo`ng`iroq qilish mumkin.

"Hozircha u keng ommaga taqdim etilgani yo`q. Ikki oy ichida beta-sinov bosqichiga o`tamiz. Kelasi yili u rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan", — dedi "O`zbektelekom" filiali direktori Marat Fattohov.
Fattohovning aytishicha, jahonga mashhur ilovalarning mahalliy muqobilini yaratish zarurati qator omillar, jumladan, xorij kompaniyalari O`zbekistonda topayotgan daromadning bir qismini mamlakatda qoldirish istagi hamda foydalanuvchilarga kamroq traffik sarflash imkonini berish bilan bog`liq.

Kelgusida, taxminan bir yildan so`ng ilova smart-televizorlar va kuzatuv kameralari bilan ham bog`lanadi. Kompaniya 1 million nafargacha ushbu messenjer foydalanuvchilariga texnik xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: