Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTON PREZIDENTI MOSKVA VA BUTUN RUS PATRIARXINI QABUL QILDI
​O`ZBEKISTON PREZIDENTI MOSKVA VA BUTUN RUS PATRIARXINI QABUL QILDI

​O`ZBEKISTON PREZIDENTI MOSKVA VA BUTUN RUS PATRIARXINI QABUL QILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTON PREZIDENTI MOSKVA VA BUTUN RUS PATRIARXINI QABUL QILDI
  • Дата релиза: 30-09-17, 15:04
​O`ZBEKISTON PREZIDENTI MOSKVA VA BUTUN RUS PATRIARXINI QABUL QILDI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 sentyabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav cherkovi rahbarining O`zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi an`anaviy yaqin va do`stona aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea ekanini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi oliy va yuqori darajadagi faol muloqot barcha yo`nalishlardagi amaliy hamkorlikka jadal sur`at bag`ishlagani, ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`targani alohida ta`kidlandi.

Patriarx Kirillning tashrifi mamlakatlarimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag`rikenglikni yanada mustahkamlashda muhim o`rin tutishiga alohida e`tibor qaratildi.

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill millatlararo tinchlik-totuvlik, turli din vakillari o`rtasida do`stlik va mehr-oqibatni mustahkamlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat hamda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi.

O`zbekistonda Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga ko`rsatilayotgan e`tibor va ko`mak, xristian diniga e`tiqod qiluvchilarning to`laqonli ma`naviy hayoti yo`lida yaratilgan sharoitlardan g`oyat xursand bo`lganini ta`kidladi.

Patriarx Kirill Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul hamda O`zbekistonga tashrif tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rus pravoslav cherkovi O`zbekiston – Rossiya munosabatlarini mustahkamlashda bundan buyon ham faol ishtirok etish, ma`naviy qadriyatlarimizni boyitish, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga ko`maklashishga tayyor ekani qayd etildi, deya xabar beradi O`zA.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: