Главная » Yangiliklar » O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
  • Дата релиза: 22-03-17, 11:56
O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`llagan, deya xabar beradi O`zA.

Hindiston Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Siz Janobi Oliylariga, O`zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o`zimning samimiy tabriklarimni yo`llashdan g`oyat mamnunman.

Hindiston bilan O`zbekiston o`rtasida ko`p asrlik do`stlik va hamkorlik rishtalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo`lida xalqaro forumlar doirasida izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta`kidlayman. O`tgan 25 yil davomida biz yanada yaqinlashdik va strategik sheriklik munosabatlarimiz o`zaro manfaatli barcha sohalarda mustahkamlandi".

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`z qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozisiyasi yaqinligini, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bir-birini o`zaro qo`llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish O`zbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelishini ta`kidlagan.

Davlatimiz rahbari "O`zbekiston barcha yo`nalishlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytirish, buning uchun mavjud ulkan salohiyatdan to`liq foydalanishga tayyor" ekanini qayd etgan.

Prezidentimiz mamlakatlarimiz birgalikdagi sa`y-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni O`zbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yo`lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: