Главная » Yangiliklar » O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
  • Дата релиза: 22-03-17, 11:55
O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`llagan, deb yozadi O`zA.

Rossiya Prezidentining qutlovida bunday deyiladi: "O`tgan yillarda Rossiya – O`zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko`tarildi. Keng qamrovli siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi samarali hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan izchil hamkorlik qilib kelmoqda.

Birgalikdagi sa`y-harakatlarimiz bilan Rossiya va O`zbekiston xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo`lida o`zaro munosabatlarning barcha jihatlarini yanada rivojlantirishimizga ishonchim komil".

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qutlovida "O`tgan tarixiy davrda O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi serqirra va ko`p tomonlama munosabatlar rivojida salmoqli natijalarga erishilgan"i mamnuniyat bilan ta`kidlangan.

Davlatimiz rahbarining qutlovida ta`kidlanganidek, "Bugungi kunda Rossiya O`zbekistonning yirik savdo va investisiyaviy hamkori hisoblanadi. Neft-gaz kompleksi, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, to`qimachilik, farmasevtika va oziq-ovqat tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo`yicha yirik loyihalar birgalikda amalga oshirilmoqda va yangi loyihalar tayyorlanmoqda. Ikki mamlakat hududlari o`rtasida bevosita aloqalar rivojlanmoqda".

Prezidentimiz "Moskvada bo`lib o`tadigan uchrashuvimiz O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qiladi", deb ishonch bildirgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: