Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda 10 sentyabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o`tiladi
O`zbekistonda 10 sentyabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o`tiladi

O`zbekistonda 10 sentyabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o`tiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda 10 sentyabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o`tiladi
  • Дата релиза: 10-09-18, 17:57
O`zbekistonda 10 sentyabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o`tiladi
O`zbekistonda 10 sentyabrdan boshlab telefon raqamlari terishning yangicha tartibiga o`tadi. Dastlab ushbu tartib faqat Toshkent shahri telefon raqamlari uchun ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda O`zbektelekom.

“Hurmatli abonentlar!

O`zbekistonda mobil va mahalliy aloqa abonentlarining soni jadal sur`atlarda o`sib, odatiy etti xonali raqamlar soni kamayib bormoqda. Etti xonali raqamli telefon tizimining sig`imi etarli bo`lmaganda Xalqaro elektraloqa ittifoqi ko`p sonli tizimga o`tishni tavsiya qiladi”, - deyilgan xabarda.

Telefon raqamlarini terishning yangi tartibi

10 sentyabrdan boshlab telefon aloqasidan foydalanganda quyidagilarga e`tibor bering:

Abonent raqami noto`g`ri terilganda ovozli pochta operator raqamini to`g`ri terish haqida xabar eshittiriladi;
Raqam qaysi operatorga tegishli ekanini bilish uchun www.rtmc.uz sayti yoki @uztbmbot telegram boti bilan ulanish mumkin;
“O`zbektelekom” AJ hududiy filiallarining telefon raqamlarini terish vaqtincha o`zgarishsiz qoldiriladi;
Favqulodda xizmatlarni chaqirish tartibi - 101, 102, 103, 104, 1050 hamda 4 xonali qisqa raqamli xizmatlardan foydalanish tartibi o`zgarishsiz qoldiriladi;
Xalqaro telefon raqamlarini terish tartibi o`zgarmaydi: + xorijiy davlat kodi va hokazo yoki + 998-xxxxxxxxx
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: