Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
​O`zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

​O`zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
  • Дата релиза: 20-11-17, 19:27
​O`zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 20 noyabr kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risidagi farmonni imzoladi, deb yozadi "Xalq so`zi" gazetasi.

Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o`rta hisobda 1,15 foizga oshiriladi.

Farmonga ko`ra, 2017 yilning 1 dekabridan O`zbekiston hududida eng kam:

ish haqi — oyiga 172 240 so`m;

yoshga doir pensiyalar — oyiga 336 880 so`m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 so`m;

zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so`m miqdorida belgilanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: