Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTONDA 2019 YIL 1 YaNVARDAN XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILADI
​O`ZBEKISTONDA 2019 YIL 1 YaNVARDAN XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILADI

​O`ZBEKISTONDA 2019 YIL 1 YaNVARDAN XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTONDA 2019 YIL 1 YaNVARDAN XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILADI
  • Дата релиза: 17-08-17, 16:44
​O`ZBEKISTONDA 2019 YIL 1 YaNVARDAN XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILADI
"O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy innovasiya texnologiyalari qo`llanilgan holda tayyorlangan biometrik pasport tizimini joriy qilish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

Mazkur tizim O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini shunday hujjatlarni tayyorlash bo`yicha Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalari va boshqa xalqaro standartlarga mos keladigan biometrik hujjat bilan ta`minlash imkonini berdi.

2014 yilda O`zbekiston Respublikasi IKAOning tegishli axborot resursiga qo`shildi va bu mamlakatimizning vakolatli organlariga davlat chegarasidan o`tish punktlarida xorijiy davlatlarning biometrik hujjatlari haqiqiyligini avtomatik tarzda tekshirish imkoniyatini yaratdi.

O`zbekiston Respublikasining biometrik pasport tizimi mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining samaradorligi va tezkorligini oshirib, davlat chegarasidan o`tishda fuqarolar shaxsini identifikasiya qilish tartib-taomillarini soddalashtirdi, “Elektron hukumat” tizimi faoliyati doirasida interfaol davlat xizmatlarini ko`rsatishga xizmat qiladigan jismoniy shaxslarning yagona ma`lumotlar bazasini shakllantirishni ta`minladi.

Shu bilan birga, ayni paytda fuqarolarimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo ayrim mamlakatlardan tashqari, dunyoning barcha davlatlariga chiqishi uchun biometrik pasport bilan birgalikda ruxsat yozuvi qayd etilgan ikki yillik stikerni rasmiylashtirishi zarur. Ushbu stiker O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkin harakat qilishiga xalaqit berayotgan muayyan omil hisoblanadi.

Bu boradagi xalqaro tajribani o`rganish shundan dalolat beradiki, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlarida ichki va tashqi foydalanish uchun mo`ljallangan ikki turdagi hujjat qo`llanilmoqda. Bunda xorijga chiqish uchun asosan elektron axborot manbaiga ega kitobcha shaklidagi pasportdan foydalanilmoqda va ruxsat beruvchi boshqa milliy hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, xorijga chiqish tartibini yanada takomillashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to`siqlar va korrupsiya holatlarining oldini olish, harakatlanish hujjatining amal qilish muddatini uzaytirish, fuqarolarning davlat chegarasidan o`tkazish punktlarida pasport nazoratidan o`tish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish maqsadida:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 yanvaridan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini joriy etish to`g`risidagi taklifi ma`qullansin.

2. 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinsin.

3. Belgilab qo`yilsinki,

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qo`llanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti uning egasining shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va O`zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi;

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 1 yanvariga qadar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga O`zbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qo`llanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda O`zbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlar hududiga O`zbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qo`llanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda, undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagunga qadar O`zbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda bo`lish va ushbu davlatlar o`rtasida harakatlanishda pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan boshqa davlatlarda bo`lish va harakatlanish uchun pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagandan so`ng O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolarning qayd etilgan ushbu toifasi O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirishni so`rab, o`rnatilgan tartibda murojaat qilishi kerak;

fuqarolarni qabul qilish, ma`lumotlar to`plash va O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini olish bo`yicha elektron arizasini rasmiylashtirish va keyinchalik personallashtirilgan hujjatni berish ishlarini O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi va O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari amalga oshiradi;

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini personallashtirishni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi amalga oshiradi.

4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) 2017 yilning 1 dekabrigacha O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti Davlat standartini tasdiqlasin.

5. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Tashqi ishlar, Mudofaa, Xalq ta`limi vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda 2018 yilning 1 yanvariga qadar mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda, O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi va O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to`g`risida yangi tahrirdagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.

6. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (S.Xudoyqulov) Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining buyurtmalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti bukletini tasdiqlangan Davlat standartiga muvofiq o`z vaqtida tayyorlasin.

7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (N.To`raxo`jaev) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Mudofaa, Xalq ta`limi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda:

amaldagi biometrik pasport tizimi bazasida O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini muomalaga kiritishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi o`z vaqtida o`tkazilishini ta`minlasin;

2018 yilning 1 dekabrigacha zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo`llanilgan holda, O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini ishlab chiqish va joriy etilishini ta`minlasin.

8. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.Xo`jaev) va Iqtisodiyot vazirligi (G.Saidova) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va boshqa aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017 yilning 1 oktyabriga qadar O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy qilishga qaratilgan ishlarni moliyalashtirish manbalari to`g`risidagi masalani ishlab chiqsin hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqish uchun kiritsin.

9. O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (B.Alixonov) va O`zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko`chimov) ommaviy axborot vositalarida mamlakatimiz aholisi o`rtasida ushbu Farmon qoidalarini keng yoritish bo`yicha maqolalar e`lon qilinishi va mavzuga oid ko`rsatuvlar efirga uzatilishini ta`minlasin.

10. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov) muomalaga kiritilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti va O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportining amal qilish muddati haqida Xalqaro fuqaro aviasiyasi, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti va xorijiy mamlakatlar hukumatlarini o`rnatilgan tartibda xabardor qilsin.

11. O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi (R.Eminjonov) 2019 yilning 1 yanvaridan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur Farmon talablariga muvofiq xorijga chiqishini o`rnatilgan tartibda nazorat qilishni ta`minlasin.

12. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasining me`yoriy-huquqiy hujjatlari va tegishli xalqaro shartnomalariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida takliflar kiritsin.

13. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri, 2017 yil 16 avgust
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: