Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistonda abiturientlar eng ko`p hujjat topshirayotgan OTMlar ro`yxati
​O`zbekistonda abiturientlar eng ko`p hujjat topshirayotgan OTMlar ro`yxati

​O`zbekistonda abiturientlar eng ko`p hujjat topshirayotgan OTMlar ro`yxati

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistonda abiturientlar eng ko`p hujjat topshirayotgan OTMlar ro`yxati
  • Дата релиза: 29-06-17, 23:25
​O`zbekistonda abiturientlar eng ko`p hujjat topshirayotgan OTMlar ro`yxati
Qabul komissiyalar ish boshlaganiga 2 hafta bo`lgan bo`lsa, bugungi kunga qadar 115 ming abiturientdan hujjat qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi kvota 66 ming 586ni tashkil qiladi.

29 iyun kunning yarmi holatiga Qarshi davlat universitetiga kirishni istovchilar soni 6049 nafarni tashkil qildi, ushbu OTMga 1400 ta kvota ajratilgan. Shunday qilib ushbu universitetning bir o`rniga 4,32 abiturient kurash olib boradi.

Abiturientlar o`rtasida mashhurlik bo`yicha 6019 ariza bilan ikkinchi o`rinda Termiz davlat universiteti kvota 1800 ni tashkil qiladi. Bu erda bir o`rin uchun 3,34 kishi kurashadi.

Uchinchi pog`onani – Jizzax davlat pedagogika universiteti egalladi. Bu erda qabul komissiyaga 5647 kishi ariza topshirgan. Kvota 1820 kishini tashkil qiladi.

Qabulga qolgan kunlarni inobatga olib, ushbu TOP-3 o`zgarishi mumkin. Qabul komissiyalar 15 iyulga qadar faoliyat yuritadi.

Ayni damda eng kam arizalar O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Nukus filialiga qabul qilingan (48).
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: