Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IKKINChI YaKShANBASI QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI DEB E`LON QILINDI
​O`ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IKKINChI YaKShANBASI QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI DEB E`LON QILINDI

​O`ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IKKINChI YaKShANBASI QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI DEB E`LON QILINDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IKKINChI YaKShANBASI QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI DEB E`LON QILINDI
  • Дата релиза: 08-08-17, 14:15
​O`ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IKKINChI YaKShANBASI QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI DEB E`LON QILINDI
"O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to`g`risida" Prezident farmoni imzolandi.

Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e`tibor natijasida sohada ulkan yutuqlar qo`lga kiritilmoqda.

Shahar va qishloq aholi punktlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish hamda aholining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi.

Mazkur qurilish-bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun respublikamizda 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha 3 ta arxitektura va qurilish instituti faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 12 ta oliy ta`lim muassasasi hamda 390 ta kasb-hunar kollejida qurilish sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2017 yilda respublikamiz bo`yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trillion so`m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o`tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o`sish kuzatiladi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon ko`p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha ob`ektlari foydalanishga topshiriladi.
Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, ko`p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob`ektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma ob`ektlari ham foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, so`nggi yillarda Toshkent shahrida “Bunyodkor” stadioni, “Xayatt Rijensi” mehmonxonasi, “Inha” universiteti filiali, “Minor” masjidi, Farg`ona shahrida san`at saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahrida stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahrida universal sport kompleksi va Navoiy davlat konchilik instituti bino-inshootlari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etildi.
Qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi texnologiyalar va energiya tejamkor materiallarni qo`llash, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish soha rivojining yangi davrini boshlab berdi.
Sohada keng ko`lamli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunga kelib qurilish sohasi o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko`tarildi.

Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo`lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ`ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag`batlantirish maqsadida, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib:

1. 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e`lon qilinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo`mitasi, mutasaddi vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari va tashkilotlar “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni sohaga mos tarzda va tantanali ravishda nishonlashni ta`minlasinlar.

3. O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bo`yicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari – “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: