Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd pulda beriladi
O`zbekistonda barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd pulda beriladi

O`zbekistonda barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd pulda beriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd pulda beriladi
  • Дата релиза: 03-02-17, 14:02
O`zbekistonda barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd pulda beriladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to`lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Qaror imzoladi.

Qaror ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to`lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so`zsiz ta`minlash, ularning O`zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to`lovlarni to`siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida imzolandi.

Qarorda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi rahbarlarining e`tibori O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o`z vaqtida to`lanmayotgani, to`lov terminallari va bank apparatlari tizimi etarli darajada rivojlanmagan holda to`lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o`tkazilayotgani to`g`risida ko`plab murojaatlar kelib tushayotganiga qaratilgan.

2017 yilning fevral oyidan barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd shaklda beriladi. Tog`li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to`lash, ijtimoiy to`lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to`liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

Oliy o`quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

Qarorda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi, “O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati pensiyalar qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay to`lanishi belgilandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: