Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi
O`zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi

O`zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi
  • Дата релиза: 30-03-17, 20:36
O`zbekistonda haydovchilar uchun alohida internet-portal ochiladi
Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushirilishi munosabati bilan haydovchilar uchun alohida internet-portal tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing chog`ida ma`lum qilindi.

Haydovchilar mazkur portal orqali o`zlarining qanday qoidabuzarlikni sodir etganligini aniqlashi mumkin bo`ladi. Shuningdek, portaldan haydovchilarni qiziqtirgan boshqa ma`lumotlar ham o`rin egallaydi.

Kameralar ishga tushganidan so`ng, aniqrog`i 15-29 mart kunlari Toshkent shahridagi chorrahalarga o`rnatilgan 883 ta kameralar tomonidan 45 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan.

Ulardan, 26 mingtasi svetoforning qizil chirog`ida harakatlanish, 19 mingdan ziyodi esa tezlikni belgilangan me`yoridan oshirish kabi huquqbuzarliklar tashkil etadi.

Shuningdek, YHXB xodimlari tomonidan o`tkazilgan reydlarda 19252 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

24 -30 martgacha 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan bo`lib, ulardan 4 mingtasi svetoforning qizil chirog`ida harakatlanish, 4 mingtasi esa tezlikni belgilangan me`yordan oshirish kabi qoidabuzarliklar tashkil etilgan.

Hafta davomida 15 ta YTH sodir bo`lgan, ulardan bittasi inson o`limi bilan yakunlangan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: