Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda IIV xodimlarining kiyimi o`zgaradi
O`zbekistonda IIV xodimlarining kiyimi o`zgaradi

O`zbekistonda IIV xodimlarining kiyimi o`zgaradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda IIV xodimlarining kiyimi o`zgaradi
  • Дата релиза: 17-04-17, 20:51
O`zbekistonda IIV xodimlarining kiyimi o`zgaradi
O`zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus kiyim-boshi, atributkasi va farqlovchi belgilari qayta ko`rib chiqiladi. Bu O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 10 aprelda imzolangan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish to`g`risidagi farmonida ko`zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Maxsus kiyim-bosh va atributkani qayta ko`rib chiqish to`g`risidagi Prezident qarori loyihasi 2018 yil iyulga qadar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Qaror ularni xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va unifikasiyalash, shuningdek, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to`g`risida ijobiy tasavvurlarni shakllantirish maqsadlariga yo`naltirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: