Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKISTONDA OSON TO`LOV TIZIMI IShGA TUShIRILDI
​O`ZBEKISTONDA OSON TO`LOV TIZIMI IShGA TUShIRILDI

​O`ZBEKISTONDA OSON TO`LOV TIZIMI IShGA TUShIRILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKISTONDA OSON TO`LOV TIZIMI IShGA TUShIRILDI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:32
​O`ZBEKISTONDA OSON TO`LOV TIZIMI IShGA TUShIRILDI
28 sentyabrda O`zbekistonda yangi OSON to`lov tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.

Tizim Brio Group tomonidan ishlab chiqilgan. Unda har bir ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchiga QR-kod beriladi.

Tizim orqali barcha — shahar va mobil aloqa, kommunal va tijorat xizmatlari, internet, kabelli televidenie va bosha xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish mumkin, deya xabar beradi O`z24 nashri.

Tizimga cheklanmagan miqdorda kartalarni qo`shish, har biridagi mablag`lar haqida ma`lumot olish, kimga va qancha to`lov o`tkazganini aniq bilish va xabardor bo`lish, cheklarni elektron ko`rinishda xotirada saqlab qo`yish, zarur bo`lganda ma`lumotni qog`ozga bosib chiqarish mumkin.

Oson foydalanuvchisi bo`lish uchun mobil telefon raqamini kiritish va parol o`rnatish lozim bo`ladi. Tizimga kirish uchun 4 ta raqamni kiritish kifoya. Yoki Touch- ID dan foydalanib, tezroq ro`yxatdan o`tish ham mumkin.

Terminal yo`q yoki ishlamagan paytda xizmatlar va xaridlar uchun Oson mobil ilovasi va QR-kodi yordamida to`lash mumkin. Karta yo`qotib qo`yilganda darhol blokirovka qilish imkoniyati ham bor.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: